Uchinchi farzand ko‘rishga rasman ruxsat berildi

France 24 telekanali xabar berishicha, Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi oilalarga uchinchi farzand koʼrishga rasman ruxsat berdi.

“Aholi va oilani rejalashtirish to‘g‘risida”gi qonunga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan. Butunjahon xalq vakillarining doimiy qoʼmitasi tomonidan ilgari qoʼyilgan cheklovlarni hamda avval belgilangan jarimalarni bekor qildi.

Qo‘shimcha ravishda ota-onalar uchun taʼtillar va bolalarni parvarish qilish boʼyicha nafaqalar toʼlashni taklif qildi. Shu bilan birga, “oilalar yukini yengillashtirish uchun” moliya, soliq, taʼlim, uy-joy va bandlik sohasidagi yangi choralar kiritilishi kerak, deyiladi qonunga kiritilgan o‘zgartirishda.