O‘n minglab afg‘on hanuz Afg‘onistondan qochish ilinjida.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoning Afg‘onistonga chegaradosh uchta davlatidan bittasi xisoblanadi.

Tolibon harakati eng avvalo Afg‘onistonning qo‘shni davlatlar bilan chegaralarida o‘zining nazorat nuqtalarini o‘rnatganligi kuzatildi.

Afg‘onistonning barcha chegaralari toliblar qo‘liga o‘tgan.

Prezident G‘ani qochdi, Tolibon o‘zining hukumatini tuzish harakatida.

Afg‘onistonni tark etish harakatida bo‘lgan odamlar soni esa kun sayin oshib bormoqda.

Ayniqsa, o‘tgan 20 yil davomida xorijliklar bilan birga ishlagan minglab afg‘on o‘z jonidan xavotirda.

Minglab afg‘onistonlik qo‘shni davlatlarga qochib o‘tishga urinishmoqda.

O‘zbekiston so‘nggi haftalarda yuzlab afg‘on qochqinlari chegarani kesib o‘tgan davlatlardan biri bo‘ladi.

Shu paytga qadar 1500 ga yaqin qochqinning mamlakatga o‘tgani aytilayotgan bo‘lsada, avvalroq xabar berganimizdek, “Afg‘onlar o‘zbek chegarasini rasman kesib o‘tishning «o‘ziga xos» yo‘lini topgan” bo‘lib, qo‘shni davlat fuqarolari (Afg‘onistonliklar) O‘zbekiston orqali uchinchi davlatlarga uchadigan aviachiptani sotib oladi va chegarani kesib o‘tishda taqdim etadi.

Biroq, hamma ham olingan chiptalardan foydalanmaydi. Vaziyatdan xabardor bo‘lgan manbaning aytishicha, ularning ko‘plari ortga qaytib, O‘zbekiston hududida qolishadi – asosan Termizda.

Bunday “xos” chegarani kesib o‘tish mexanizmi tez -tez uchramoqda.

P.S. darhaqiqat, nafaqat Surxondaryoda balki, poytaxtda ham qo‘shni mamlakat fuqarolari ko‘paygani sezilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, Tolibon faqat vizasi borlarning chegaradan qonuniy o‘tishlariga izn bermoqda.

O‘zbekiston orada o‘z chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan yuzlab afg‘onni ortga qaytargan.

Ularning aksariyati afg‘on harbiylari va ular bilan bir safda jang qilgan mahalliy qurollilar ekani xabar berilgan.

O‘zbekiston so‘nggi haftalarda o‘z havo hududi va aeroportlarini dunyoning qator davlatlari uchun ochgan.

Sanoqli kunlarning o‘zida ikki mingga yaqin chet el fuqarosini Afg‘onistondan evakuatsiya etilishida ular bilan hamkorlik qilgan.

Rasmiy Toshkent o‘zining bu kabi qarori bilan qator yetakchi G‘arb nashrlarining diqqat-eʼtiboriga tushgan.

Germaniya kanslerining shaxsan o‘zi buning uchun O‘zbekiston tomoniga oshkora rahmat aytgan.