Tolibon hokimiyatni egallab olganidan keyin Afg‘onistonda giyohvand moddalar savdosi qanday bo‘ladi?

Tolibonning birinchi vaʼdalaridan biri – giyohvand moddalar ishlab chiqaruvchilar va giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish edi. Shu bilan birga, ularning butun faoliyati davomida narkotiklar asosiy daromad manbai bo‘lgan.

Tolibon yillar davomida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yashirib, giyohvand moddalarni boshqa davlatlarga eksport qilishga yordam bergan. Chegara nazorati Tolibonning birinchi harbiy maqsadlaridan biri bo‘lganligi bejiz emas. Chegaralar ustidan nazorat o‘rnatilgandan keyingina Kobulga hujum boshlandi.

Nafaqat toliblar, balki mahalliy aholi ham giyohvand moddalar ishlab chiqarishdan manfatdor. Afg‘onistonda dehqonchilikni ko‘knor urug‘i kabi yuqori to‘lov bilan taʼminlaydigan boshqa ekinlar mavjud emas.

BMT maʼlumotlariga ko‘ra, 2017 yilda 350 ming kishi afyun ishlab chiqarishga jalb qilingan. Bu dehqonlar, mavsumiy ishchilar, haydovchilar. Yil sayin faqat talab oshsa oshmoqda kamaygani yo‘q.

Sintetik moddalar ishlab chiqarish uchun komponentlar chegaralar orqali o‘tkaziladi. Ko‘pgina moddalar qonun bilan taqiqlanmagan va faqat laboratoriyada “ishlovdan” so‘ng giyohvandlik moddasiga aylanadi.

Ammo yaqinda afg‘onlar “efedrin”ning tabiiy manbasini o‘zlashtirdilar. Gap efedra butasi haqida. U tom maʼnoda begona o‘t kabi o‘sadi.

Endi Afg‘oniston nafaqat tayyor dori-darmon mahsulotlarini, balki sintetik dorilar komponentlarini ham eksport qilishi mumkin.

Qayerga? Albatta, yashirin kimyoviy ishlab chiqarish laboratoriyalari yaxshi rivojlangan mamlakatlarga …