Yaponiya Moderna vaksinasidan foydalanishni to‘xtatdi

Yaponiya Sog‘liqni saqlash vazirligi yaqinda mamlakatga keltirilgan 560 ming ampuladan iborat 390 dozadagi Moderna vaksinasida “begona moddalar” aniqlangani haqida xabar berdi.

Moderna kompaniyasi Yaponiyaga 1,63 million dozada sotilgan uchta partiyani bir vaqtning o‘zida vaqtincha taqiqlab qo‘ydi. Vaksinaning mahalliy distribyutori Takeda Pharmaceutical buni “haddan tashqari ehtiyotkorlik” deb atadi.

Yaponiya tomonidan maʼlum qilinishcha, ampulalardagi ifloslanish Ispaniyadagi vaksina ishlab chiqarilgan farmatsevtika zavodida sodir bo‘lgan.

Ayni vaqtda vaksinada qaysi turdagi “begona moddalar” borligi haqida xabar berilmagan. Bu faqat baʼzi molekulyar zarralar ekanligi maʼlum.

Hozirga qadar yettita emlash markazida “begona moddalar” mavjud bo‘lgan dozalar topilgan.

Yaponiya Sog‘liqni saqlash vazirligi vaksinani olgan odamlarga ularning salomatligi uchun potensial tahdid haqida maʼlumot berish uchun partiyalar raqamlarini eʼlon qilgan.

Moderna kompaniyasi “hozircha [vaksinaning] xavfsizligi va samaradorligi muammolarini aniqlamaganini” aytdi va Takeda Pharmaceutical hamda Yaponiya hukumatining nazorat organi bilan hamkorlikda tergovni davom ettirishga vaʼda berdi.

Yaponiya Covid-19 yangi to‘lqini bilan kurashmoqda. Hozir cheklov choralari aholining 80% ga yaqini yashaydigan hududda joriy etilgan.

Ilgari Yaponiyada Pfizer va AstraZeneca vaksinalari ishlatilgan. Moderna ular bilan faqat shu yilning may oyida ishlatila boshlangan.