Qozog‘istonning Jambil viloyatidagi o‘q-dorilar omborida portlashlar sodir bo‘ldi.

Hozirgacha aniqlangan maʼlumotlar:

▪️To‘rt nafar harbiy xizmatchi yong‘in oqibatida halok bo‘ldi.

▪️Mudofaa vazirligi qasddan o‘t qo‘yish yoki uyushtirilgan xolat bo‘lishi mumkinligini istisno qilmaydi.

Shuningdek, versiyalar orasida – xavfsizlik talablarini buzish, o‘z-o‘zidan yonish va kimyoviy reaksiya kabilar ham bor.

▪️Yong‘in oqibatida Favqulodda vaziyatlar vazirligining 49 nafar xodimi jabrlangan.

▪️Kasalxonalarda 28 jabrlanuvchi bor, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir.

Harbiy qism hududida portlashlar 26 avgust kuni kechqurun boshlangan.

Yaqin atrofdagi qishloqlarning 1200 ga yaqin aholisi evakuatsiya qilindi.