Bayden Afg‘onistondagi portlashlar haqida:

– oxirgi 12 soat ichida hududdan 7 ming kishi evakuatsiya qilingan;

– AQSh terrorchilik harakatlariga qaramay, Afg‘onistondan evakuatsiya qilishni davom ettiradi;

– AQSh razvedkasi maʼlumotlariga ko‘ra, hujumlar ortida IShID turibdi;

– terrorchilar Amerika fuqarolarining o‘limi uchun javob beradi;

– AQSh harbiylariga IShID rahbarlari va obyektlariga zarba tayyorlash buyrug‘i berildi;

– AQShning Afg‘onistondagi kontingentini ko‘paytirishni, agar harbiylarga kerak bo‘lsa, tasdiqlanishi mumkin;

– Qo‘shma Shtatlar, agar favqulodda hodisa ro‘y bermasa, 31-avgustgacha Afg‘onistonni tark etmoqchi.

WSJ maʼlumotlariga ko‘ra, Kobuldagi portlashlar qurbonlari soni 60 nafardan oshgan.

Pentagon maʼlumotlari bo‘yicha esa, 13 amerikalik askar halok bo‘lganini, yana 18 nafari yaralanganini maʼlum qildi.