Nogironlar huquqlari

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati 28 maydagi yalpi majlisida Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani (Nyu-York, 2006 yil 13 dekabr) ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni maʼqullagan. Konvensiyaning qabul qilinishi nogironlarni ijtimoiy himoya qilishning ilg‘or xalqaro standartlariga ega milliy tizimini birlashtirishga, shuningdek, jamiyatda nogironlikka nisbatan ijtimoiy-huquqiy yondashuvni kuchaytirishga imkon beradi.

O‘zbekiston konvensiyani ratifikatsiya qilish orqali infratuzilmani yaxshilash (turar joy va jamoat binolarini, transportni, xizmatlar turini moslashtirish), shuningdek, axloqiy va maʼnaviy ko‘rsatmalarni shakllantirish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nogironlar huquqlari qo‘mitasi bir qator protseduralar orqali Konvensiya qoidalarining bajarilishini nazorat qiladi:

ishtirokchi davlatlar taqdim etgan hisobotlarni ko‘rib chiqadi;

ishtirokchi davlatlar bilan Konvensiyaga bog‘liq masalalar bo‘yicha maslahatlashuvlar olib boradi;

nogironlarning huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaning Fakultativ Protokoli ratifikatsiya qilingan taqdirda, individual shikoyatlar va qo‘pol va katta qonunbuzarliklarni tekshiradi.