Barcha o‘qituvchilarga 2023 yilgacha planshet beriladi

2023 yilda Rossiya maktablarining barcha o‘qituvchilarini elektron planshetlar bilan taʼminlash rejalashtirilgan, dedi Rossiya Federatsiyasining raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy axborot vositalari vaziri. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday planshetda elektron jurnal, dars rejasi va boshqa kerakli hujjatlar yuritiladi.

Shuningdek, u 2024 yil oxirigacha barcha maktab va sinflar Wi-Fi bilan jihozlanishini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu, birinchi navbatda, o‘qituvchilar uchun “xavfsiz Internetga oddiy va qulay tarzda ulanishi” uchun zarurdir.

Bundan tashqari, tarmoq dars paytida multimediali o‘quv materiallarini namoyish qilish imkonini beradi.