Jahon tarixida bolalar huquqi bo‘yicha dastlabki mukammal huquqiy manba haqida eshitganmisiz?

G‘arb sivilizatsiyasidan qariyb olti yuz yil avval bolalar huquqi to‘la-to‘kis o‘rganilib hayotga tadbiq etilgan mazkur asar XIII asrda Movarounnahr – bugungi O‘zbekisonda yozilgan.  Ushbu asar bola huquqlari masalasiga tamal toshini qo‘ydi.

Islom sivilizatsiyasi markazi islom huquqshunosi, buyuk vatandoshimiz Muhammad ibn Mahmud Ustrushaniyning “Jomiʼ ahkom as-sig‘or” – “Bola huquqlari kodeksi”ni o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Ushbu asar islom dinining bolalar;

Hususan yetim bolalar huquqlari;

Bolalik va otalikni belgilash;

Bola tarbiyasi, ayniqsa, uni go‘daklik davridan asrab-avaylash va tarbiyalash;

Bolaning o‘z oilasi va jamiyat uchun foydali inson bo‘lib yetishishi;

Hamda uning ota-onasi oldidagi burch va majburiyatlari masalalariga alohida ahamiyat berganini ko‘rsatadi.