Saylov oldi harbiylarga 200 AQSh dollaridan bir martalik pul to‘lash haqida buyruq chiqarilgan

Saylov oldi Rossiya prezidenti V.Putin imzosi bilan joriy haftada huquqni muhofaza qilish sohasi zobitlari va armiya xizmatchilarga 200 AQSH dollaridan bir martalik pul to‘lash haqida buyruq chiqarilgan.

Davlat Dumasi uchun bo‘lib o‘tgan saylovlardan avval esa pensionerlarga 135 AQSH dollari miqdorida bir martalik nafaqa berilgan edi.

Izoh: Harbiylar va huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari uchun to‘lanayotgan mablag‘ ularning «ijtimoiy himoyasi»ga ajratilayotgani aytilgan.