Afg‘onistonlik qochqinlarni qabul qilish evaziga pul taklif etilmoqda

Financial Times: Yevropa Ittifoqi Afg‘oniston qo‘shnilariga taklif tayyorlamoqda. Taklifga ko‘ra, qo‘shni davlatlar Afg‘onistondan qochib kelgan muhojirlarni qabul qilsa, evaziga Yevropa hukumati ularga 600 million yevro miqdorida mablag‘ ajratadi.

2015 yildagi Suriya janglaridan so‘ng Yevropaga yopirilgan qochoqlar oqimini Yevropa hukumatlari unutgani yo‘q. Shu sababli, ular Tolibonning hukumatni egallashi Yevropaga inqiroz olib kelishi mumkin deb hisoblamoqda.

Muhojirlarga boshpana berish evaziga Yevropa davlatlari nafaqat O‘zbekiston, Tojikiston va Pokiston, balki sanksiyalar ostidagi Eronga ham mablag‘ ajratishga tayyor.

Biroq, avgust oyida Qirg‘izistonda isteʼqomat (hozirgi qochqinlardan emas) qilayotgan avg‘onlar bir necha marta namoyishlar o‘tkazib, AQSHga yoki bo‘lmasa Yevropa davlatlarning biriga viza berilishini talab qilayotgan edi. Aslida, Yevropa ajratgan pullar namoyishlarni bostirishga sarf etishga ham yetmaydi.

P.S. pul hamma muammoni xal etavermaydi….