Ko‘mir imperiyasidan yaqin o‘n yillikda voz kechilmaydi

Umuman olganda, ko‘mir savdosi masalasi ancha vaqt dolzarbligicha qoladi.

Maʼlumotlarga qaraganda, Xitoy yil sayin Rossiyadan katta miqdorda ko‘mir sotib olishda davom etmoqda. Shuningdek, AQSH va Yevropadan ham sotib olmoqda.

Shu bilan birga, Xitoy qayta tiklanadigan energiyaga faol va katta miqdorda sarmoya kiritmoqda. Ko‘mirning bunday katta miqdorda sotib olinishini, XXR ushbu resursning strategik zaxiralarini yaratganligi, keyin uni (neftni qayta sotgani kabi) qimmat narxlarda sotishidan darak beradi.

Aslida Xitoyda ko‘mirning katta zahira konlari mavjud.

Umuman olganda, bugungi kunda rivojlangan davlatlar asta-sekin qayta tiklanmaydigan energiya manbalaridan voz kechmoqda.

Ammo, hozirda bunday texnologiyalar hali faol rivojlanmagan va barcha hududlarni elektr energiyasi bilan to‘liq taʼminlay olmaydi.

Shu sababli, kelgusi o‘n yil ichida neft va ko‘mirni sotib olish keng ko‘lamda amalga oshiriladi, chunki muqobil energiya manbalari hali bu resursni to‘liq o‘zgartira olmaydi.