Turkmaniston Afg‘onistonni elektr energiyasi bilan taʼminlashga vaʼda berdi

Bu haqda G.Berdimuhamedov Yaponiya imperatori Naruxitoga yo‘llagan murojaatida maʼlum qildi. Xabarda aytilishicha, gaz turbinali elektr stansiyasi yapon mutaxassislari ishtirokida muvaffaqiyatli ishga tushirilgan.

Turkmaniston Prezidenti bu butun mintaqani, jumladan, Afg‘onistonni ishonchli energiya taʼminoti borasida muhim obyekt ekanligini taʼkidlagan.

432 MVt quvvatga ega yangi gaz turbinli elektr stansiyasi Yaponiyaning Sumitomo Corporation va Mitsubishi Power kompaniyalari hamda Turkiyaning Ronesans Holding tomonidan “Turkmenenergo” davlat korporatsiyasining buyurtmasi bilan qurilgan.

Yaponiya davlati bilan amalga oshirilayotgan barcha loyihalarga Serdar Berdimuhamedov boshchilik qiladi.