BMT O‘zbekiston va Turkmanistonda “suv inqirozi” xavfini eʼlon qildi

O‘zbekiston va Turkmanistonda suvdan foydalanish keskin darajaga yetdi. Бу ҳақда  Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi hisobotlarida keltirilgan.

Mutaxassislar suv tanqisligi darajasini “suv zo‘riqishi” indikatori bo‘yicha yaʼni zaxiralarga suv olish (to‘plab ishlatish) foiziga qarab hisoblaydi. O‘zbekiston va Turkmanistonda бу ko‘rsatkich kritik ko‘rsatkichdan ancha oshib ketgan bo‘lib, mos ravishda 169% va 144% ni tashkil қилади.

Umuman, MDH mamlakatlaridagi suv resurslari bilan bog‘liq vaziyatni BMT tahlilchilari shunday taʼriflaydilar: Tojikiston, Armaniston va Ozarbayjonda “suv zo‘riqishi” o‘rtacha baholanadi, бу mos ravishda 62%, 56% va 54%. Qirg‘iziston va Qozog‘istonda ham toza suvdan foydalanish ko‘rsatkichlari global darajadan oshib, mos ravishda 50% va 33% ga yetadi. Rossiya va Gruziya toza suv zaxiralarining atigi 4 foizini, Moldovada – 12 foizini, Ukrainada – 14 foizini ishlatadi.

G‘arb мутахассислари taʼkidlashlaricha, dunyodagi chuchuk suvning 72 foizi qishloq xo‘jaligida ishlatiladi, lekin global isish tufayli “dunyoning ko‘plab mintaqalarida yog‘ingarchilik miqdori va muntazamligi o‘zgardi, qurg‘oqchilik va suv tanqisligi tobora kuchayib bormoqda shu bilan birga, toshqinlar ham yil sayin oshmoqda”. Bularning barchasi suv resurslari sohasida raqobatning kuchayishiga olib keladi, deya xulosa qiladilar ekspertlar.

Shuningdek, hisobotda маълум bo‘lishicha, 2018 yilda dunyodagi toza suvning atigi 18,4 foizi ishlatilgan. Shu bilan birga, olimlarning taʼkidlashicha, Markaziy Osiyoda suv olish global ko‘rsatkichdan oshib ketgan.