Tolibon harakati birinchi bo‘lib, O‘zbekistonga hamkorlik taklif etdi

Tolibon harakati qo‘shnilari orasida  birinchi bo‘lib O‘zbekistonni tanlanadi deya xabar berilmoqda. Tolibonlar temir yo‘l loyihasini qayta tiklashni taklif qilib “sheriklik” va loyihani qo‘llab-quvvatlashga vaʼda bermoqda.

Ammo 2000-yillarning boshlarida Prezident Imomali Rahmon Afg‘oniston Shimoliy Ittifoqi lideri Ahmad Shoh Massud kuchlarini qo‘llab-quvvatlaganini hisobga olsak, Tojikiston hozir “ojiz” holatda. Shunday qilib, Tojikiston Afg‘onistonda mag‘lubiyatga uchragan davlat sifatida va KXSHT majburiyatlari bilan bog‘langan mamlakat sifatida qo‘shni O‘zbekiston kabi ko‘p vektorli munosbatlarni sinab ko‘rish imkoniga ega emas.

Ammo, “YevrAzEs” instituti direktori Vladimir Lepexinning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Markaziy Osiyodagi sobiq sovet respublikalari Tolibon bilan hamkorlikka tayyor ekanligini namoyish qilishdan boshqa iloj yo‘q. “Katta o‘yin boshlanadi: nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyoning boshqa respublikalari Tolibon bilan hamkorlik qilishga majbur bo‘ladi”.