Tojikistonga Afg‘onistondan terrorizmning tarqalishi ko‘proq xavf soladi

Bunday mulohazalarni Rossiyaning targ‘ibotiga bel bog‘lagan tahlilchilari bildirmoqda.

Nima uchun?

▪️Buning sababi Tojikiston geografiyasi: uning Afg‘oniston bilan chegarasi 1344 km bo‘lib, asosan tog‘lar orqali o‘tadi. Qochqinlar tog‘lardan o‘tib, Tojikistonga kirishi mumkin, radikallar ham ular bilan birga mamlakatga kirishi ehtimol bor.

Nima qilish kerak?

▪️Agar Tolibon Tojikistonga qarshi tajovuzkorlikni namoyon qilsa, bu vaziyatga Rossiya ham, KXSHT ham qo‘shiladi, deb hisoblaydi ekspert Igor Korotchenko.

▪️Moskva 201-harbiy baza kuchlariga yordam berishi mumkin. Bu Rossiyaning chegaralaridan tashqaridagi eng yirik harbiy obyekti. Tojikiston, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi harbiy guruhlari va aviatsiyasiga tayanishi mumkin.

Qanday harakat qilinmoqda?

▪️Rossiya Tojikistonda harbiy ishtirokini kuchaytirmoqda. Yaqinda bazaga Kornet tankga qarshi raketa komplekslarining katta partiyasi keltirildi. Baza allaqachon motorli miltiq, tank, artilleriya va razvedka bo‘linmalariga ega bo‘lib, hammasi bo‘lib 7 mingga yaqin askari bor.