“Yevropada afg‘on qochqinlari uchun joy yo‘q”

Bu haqda Chexiya bosh vaziri maʼlum qildi.

“Biz afg‘onlarga uyda qolishlari uchun yordam berishni xohlaymiz. Aslida ular uchun Yevropada joy yo‘q”, – deydi Babish. Bunda uni Slovakiya va Avstriya bosh vazirlari qo‘llab-quvvatlashdi, deb xabar bermaqda “TASS”.

Ammo…

Kecha xabar berganimizdek, Ukraina Afg‘onistondan 5 ming nafar qochqinni qabul qilishga tayyorligini bildirgan.