Tolibondan AQShga sovg‘a

Al-Arabiya hozirda Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi rahbarining suratini chop etdi.

Sirojiddin Haqqoniy qayerda ekanligi haqida maʼlumot bergan inson uchun FQB (FBR) 5 million AQSh dollar to‘lashga vaʼda bergan.

BESh MILLION AQSh dollar

Endilikda “Haqqoniy tarmog‘i” (Tolibon harakatining qanoti) rahbarining joylashuvi butun dunyoga maʼlum.

Vashington faqat tashvish bildirishi mumkin.

Aytgancha, Haqqoniy tarmog‘idan yana uchta radikal vaqtinchalik vazir lavozimiga loyiq ko‘rildi: Migratsiya, Oliy taʼlim va Aloqa va axborot texnologiyalari vazirlari.

Shu bilan birga, Afg‘oniston hukumati rahbari Muhammad Hasan Oxund BMT qora ro‘yxatida ekanligini qayd etamiz.

Yana to‘rt vazir Guantanamo (AQShdagi qamoqxona) sobiq mahbuslari.

Bu 11 sentyabr fojiasining 20 yilligi munosabati bilan Tolibon tomonidan AQShga “sovg‘a” bo‘lsa kerak.