Global Koronavirus tashabbusi uchun zudlik bilan 7,7 milliard dollar kerak

ACT-Accelerator-butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kurashishga yordam beradigan global hamkorlik. Uning ishtirokchilari, jumladan, BMTning bir qator tashkilotlari, shu jumladan Jahon banki va JSST, beshta yo‘nalishda ishlarni tezlashtirish uchun 7,7 milliard dollar so‘ramoqda.

• Pul mablag‘larining qariyb uchdan bir qismi, yaʼni 2,4 milliard dollar, kam taʼminlangan mamlakatlarga test sinovlarini o‘tkazish uchun yuboriladi.

1 milliard tadqiqot va ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, koronavirusga qarshi testlar, vaksinalar va dori vositalarini ishlab chiqarish va tarqatish uchun bozorni rivojlantirishga sarflanadi. Bu Delta va boshqa mutand shtammlarga qarshi mavjud davolash usullarining samaradorligini saqlab qoladi.

• Oxirgi paytlarda talab keskin oshgan tibbiy kislorod ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qo‘shimcha 1,2 milliard dollar sarflanadi. Virus tufayli o‘pkaning qattiq shikastlanishi bilan odamlarni tirik qolish uchun kislorod zarur.

1,4 milliard dollar mamlakatlarga СОВИД-19 bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni samarali bartaraf etish uchun ajratiladi.

• Qolgan 1,7 milliard dollar tibbiyot xodimlari uchun shaxsiy himoya vositalarini sotib olishga sarflanadi. Zero, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash samaradorligi tibbiyot xodimlariga bog‘liq. Shifokorlar va hamshiralar bemorlarni davolaydilar va ularga g‘amxo‘rlik qiladilar – butun sog‘liqni saqlash tizimi ularning yelkasida. Shuning uchun tashabbus ishtirokchilari kasalxona xodimlarining xavfsizligini taʼminlash o‘ta muhim, deb hisoblaydi.

P.S. Bunday mablag‘ni qoplash esa BMT uchun ajratiladigan yillik to‘lovlarga bo‘lgan stavkani yana-da oshishiga olib keladi. Yana mamlakatlar byudjetidan kattarok mablag‘lar yo‘naltirilishi olib keladi!