AQShda maktab o‘quvchilari orasida koronavirus bilan kasallangan soni oshib ketgan

O’quvchilar maktabga qaytgan AQShda o’tgan hafta mamlakat bo’ylab qariyb 252 ming bolada koronavirus aniqlangan. Bu pandemiya davridagi eng yirik ko’rsatkich ekani ma’lum qilingan.

👉  COVID-19 pandemiyasi davrida virusga chalingan jami bolalar soni 5 milliondan oshgan.

👉  Avgust oyining o’zida 750 mingdan ziyod bolalar virus yuqtirgan.

👉  Bolalar orasidagi joriy haftalik kasallanish 8400 nafar kasal aniqlangan iyun oyidagidan deyarli 30 barobar ko’p.

👉  Bolalarning shifoxonaga yotqizilishi o’tgan yilning shu davridagidan 308 foiz yuqori.

👉  Shunday sharoitda Texas gubernatori maktablarda tibbiy niqob taqish majburiyatini bekor qilgan.