Jalolobodda “sibir yarasi” kasalligiga gumon qilingan: 7 kishi kasalxonaga yotqizilgan, 30 dan ziyod aloqada bo‘lganlar bor

Jalolobod viloyatining Aksi tumanida 7 kishi “sibir yarasi” kasalligi gumoni bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ularning aksariyati erkaklar, lekin ayollar va maktab yoshidagi bolalar ham bor. Bu haqda 24.kg axborot agentligiga Respublika karantin va o‘ta xavfli infeksiyalar markazi tomonidan berilgan xabar asosida maʼlum qilgan.

Maʼlumotga ko‘ra, bemorlarning tanasida kuydirgi kasalligi uchun xarakterli karbunkullar bor. Ulardan birida dastlabki laboratoriya sinovlari ijobiy natija berdi, qolganlari hali tayyor emas.

Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, bugungi kunda olti kishi umumiy tibbiy amaliyot markazida davolanishda qolmoqda. Ulardan birining ahvoli o‘rtacha og‘ir, qolganlarining ahvoli qoniqarli.

“Respublika karantin va o‘ta xavfli infeksiyalar markazining mutaxassis veterinariya xizmati bilan birgalikda epidemiya o‘chog‘iga bordi. Taxminan 35 ta nafar kontaktda bo‘lganlar aniqlangan, biroq, bu ko‘rsatkich ko‘proq bo‘lishi mumkin. Profilaktika maqsadida ularga antibiotiklar berildi. Kasallik mavjud bo‘lgan go‘sht bir nechta oilalarga tarqatilgan va 50 nafardan ziyod odam uni yegan”.

“Bir necha kun oldin soha mutaxassislari  “sibir yarasi” kasalligidan nobud bo‘lgan sigirni ko‘mib joyini betonlashtirgan”, – deyilmoqda xabarda.