“MDH davlatlari o‘zi uchun rus tilini saqlab qolishi juda muhim”

Bu fikrlar RF senatori A.Klimovga tegishli bo‘lib, “Xorijda rus tilini qanday qo‘llab-quvvatlash kerak?”ligi bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tgan. Unga ko‘ra:

▪️Hokimiyat rus tilining tarqalishiga to‘sqinlik qilmaydigan mamlakatlarda ham bunday ishlarni amalga oshirish oson emas. Ukraina va Boltiqbo‘yi davlatlari haqida gapirmasa ham bo‘ladi.

▪️Qirg‘iziston va Qozog‘istonda juda kam sonli shaxslarning rus tiliga moneʼlik qilayotganini kuzatish mumkin, biroq, bu alohida xolat bo‘lib, hech qanday ommaviy muammolar mavjud emas.

▪️Rus tilini targ‘ib qilish uchun murakkab, uzoq muddatli dasturlarda harakat qilish kerak. Bundan tashqari, ularni maʼlum bir mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlantirish kerak.

▪️ MDH davlatlarining o‘zi uchun rus tilini saqlab qolish juda muhim. U tarixiy, taʼlimiy, madaniy va biznes loyihalarida ishtirok etishi shart. Rus tilini bilmasdan, bu loyihalarning muvaffaqiyati va qamrovi ancha past bo‘ladi bo‘ladi.

▪️Rus tilidan voz kechgan davlatlar aslida o‘z ustunliklaridan voz kechishadi.