Turkmaniston tashqi qarzi hajmini eʼlon qildi

Biroq,  bu ko‘rsatkichlar mamlakatning eʼlon qilingan yalpi ichki mahsulotiga to‘g‘ri kelmasligi aytilmoqda.

So‘nggi yillarda Turkmaniston iqtisodiyotiga 15 milliard dollarga yaqin xorijiy investitsiyalar jalb qilindi, dedi Tashqi iqtisodiy aloqalar davlat banki raisi R.Jepbarov.

Xorijiy investitsiyalarning 52 foizi Turkmaniston neft – gaz sektorini rivojlantirishga, 18 foizi – kimyo sanoatiga, 10 foizi – transport va aloqa infratuzilmasiga, 11 foizi – qishloq xo‘jaligiga va 9 foizi – energetikaga yo‘naltirilgan.

Barcha xorijiy investitsiyalarning asosiy qismi – 47,4% – Yaponiya, 19% – Koreya, 11% – Saudiya Arabistoni, 6,3% – Germaniya, 5% – AQSH, qolgan 11,3% – boshqa davlatlardan jalb qilingan sarmoyalarga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, bugungi kunda Turkmanistonning tashqi moliyaviy majburiyatlari hajmi YAIMning 11 foizini tashkil etishi maʼlum qilingan.

2021 yilda Turkmaniston tashqi qarzi 1,35 milliard dollarni tashkil etadi, uni 2022 yilga kelib 1,11 milliard dollarga, 2023 yilga kelib 1,1 milliard dollarga, 2024 yilga kelib esa 0,86 milliard dollarga kamaytirish rejalashtirilgan.

O‘tgan yillarda Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki Turkmaniston bo‘yicha iqtisodiy maʼlumotlarni eʼlon qilgan, unga ko‘ra YAIM 45 milliard dollarga teng bo‘lgan (2019 yilda). Biroq, 2021 yildan boshlab har ikkala tashkilot ham rasmiylar tomonidan taqdim etilayotgan maʼlumotlarning ishonchliligiga shubha tug‘dirganligi bois, (hisobotlarni) maʼlumotlarni eʼlon qilishni to‘xtatdi.