Afg‘onistonda asosiy g‘olib?

Shubhasiz Qatar!

Doha nafaqat Afg‘onistonni tark etayotgan odamlar uchun asosiy tranzit punkti, balki Kobuldan ko‘chib kelgan G‘arb elchixonalari uchun ham boshpanaga aylandi. Tolibon va xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi vositachining roli Qatarning xalqaro va mintaqaviy ahamiyatini oshirishga yordam berdi. Bu tasodifan sodir bo‘lmadi.

Agar pandemiya davom etmasa, 2022 yilda Qatar jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Bu yil Fors ko‘rfazidagi kichkina davlat 60 mingga yaqin afg‘on qochqinlarini qabul qildi. Bu Afg‘onistondan evakuatsiya qilinganlarning deyarli yarmi. 300 mingga yaqin fuqarolar yashaydigan Qatar uchun (+ 2 million muhojirlar) bu katta ko‘rsatkich.

Qatarda Afg‘onistondan yo‘lovchilar uchun asosiy tranzit nuqtasi AQSHning Yaqin Sharqdagi eng yirik harbiy obyekti bo‘lgan Al-Udeid bazasidir.

Aynan 2020 yilda Qatarda Vashington va Tolibon o‘rtasida Amerika qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish to‘g‘risida tarixiy kelishuvga erishgan edi. Muzokaralar Dohada bo‘lib o‘tdi, chunki 2013 yildan beri bu shaharda Tolibon siyosiy qanotining ofisi faoliyat ko‘rsatmoqda. Qatarning bugungi Afg‘oniston voqealarida ishtiroki juda yuqori. Doha u yerga tonnalab oziq-ovqat va dori-darmon yubormoqda.

Qatar harbiylari Afg‘onistondan qizlar maktab-internatini va xalqaro media soha vakillari-jurnalistlarini olib ketishdi. Qatarning Afg‘onistondagi elchisi Tolibon nazorat-o‘tkazish punktlari orqali AQSH fuqarolariga shaxsan hamrohlik qilgan. Қатар Аирвайс evakuatsiya qilinganlarni Dohadan uchinchi davlatlarga tashish uchun 10 ta samolyot ajratdi.

Qatarlik mutaxassislar Turkiya bilan birgalikda Tolibonga Kobul aeroportini qayta ochishda yordam berdi. Amerikaliklar ketganidan so‘ng birinchi samolyot bo‘lgan Қатар Аирвайс Kobuldan Dohaga xalqaro reysni amalga oshirdi.

Kobulning deyarli butun diplomatik hayoti Qatarga ko‘chib o‘tdi. Xorijiy elchixonalar – AQSH, Buyuk Britaniya, Italiya, Yaponiya va boshqalar, bu yerga G‘arb diplomatlari va siyosatchilari tez -tez tashrif buyurdi va kelishda davom etmoqda. Avgust oyida Germaniya diplomatik xizmati rahbari Xeyko Maas Dohaga keldi. Sentyabr oyi boshida Buyuk Britaniya, Gollandiya va Italiya tashqi ishlar vazirlari Qatarga tashrif buyurdi.

Avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Al Soniyga minnatdorchilik bildirar ekan: “Dohani qo‘llab-quvvatlamaganida AQSHni Afg‘onistondan evakuatsiya qilish imkonsiz bo‘lardi”, degan edi.

Yaqinda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Pentagon rahbari Lloyd Ostin Qatarga tashrif buyurgan edi.

“Ko‘p mamlakatlar Afg‘onistonni evakuatsiya qilishda ko‘ngilli ravishda yordam berishdi, lekin hech bir davlat Qatarchalik ish qilmadi”, – degan edi Blinken.