Rossiyadan MDH mamlakatlariga pul o‘tkazmalari yozda 30%ga oshdi

Kontakt pul o‘tkazmalari tizimi bergan maʼlumotlariga ko‘ra (Qiwi guruhining bir qismi), o‘rtacha pul o‘tkazma miqdori 16 362 rublni (224,6 $) tashkil etgan.

Aksariyat jo‘natmalar Tojikiston, O‘zbekiston, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziyaga yuborilgan.

Yoz oylaridagi pul o‘tkazmalarining eng katta o‘sishi 37% gacha bo‘lib Tojikiston va O‘zbekistonda yuborilgan mablag‘lar hisobiga o‘sgan. Sobiq ittifoq davlatlari orasida eng katta pul o‘tkazmalari Gruziyaga yuborilgan – o‘rtacha 39 ming rubl (535.35$).

Avvalroq, Rossiya Markaziy banki iyun oyida Rossiyadan MDH mamlakatlariga pul o‘tkazmalari may oyiga nisbatan 27,9% ga o‘sganligi, 2021 yilning birinchi choragida esa pasayish kuzatilganligi haqida maʼlumot bergandi.

2021 yilning birinchi choragida o‘tkazmalarining umumiy hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,5 foizga kamaygan va 1,85 milliard dollarni tashkil etgandi. Lekin shu kamayish doirasida ham O‘zbekistonga yuborilgan o‘tkazmalar 12.4% ga o‘sishni qayd etib, mamlakatga 680.4 mln dollar mablag‘ yuborilgan.

Zamon o‘zgarmoqda, lekin O‘zbekiston iqtisodiyotiga valyuta tushumini ko‘paytirayotgan matonatli ko‘rinmas qahramonlar o‘z faoliyatlarini davom etmoqdalar.