Xitoy yangi “X virusi” paydo bo‘lishi haqida ogohlantirdi.

Xitoy Xalq Respublikasi Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi “X virusi” paydo bo‘lishini bashorat qilmoqda va jahon hamjamiyatini bu virusga qarshi choralar ishlab chiqishga chaqirmoqda.

Xitoy kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (СDС) rahbari Gao Fu Kioto fan va texnologiya onlayn-forumida insoniyat kelajakda yangi “X virusi” ga duch kelishini aytdi va unga qarshi kurashishga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘zaro taʼsir tamoyilini taklif qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “virus X” ning xususiyatlari hali hech kimga maʼlum emas, u har qanday vaqtda va istalgan joyda paydo bo‘lishi mumkin.

“Insoniyat kelajagi uchun biz muammoni birgalikda hal qilishimiz kerak. Shu munosabat bilan men “to‘rtta” tamoyilini taklif qilaman: hamkorlik, raqobat, muloqot va muvofiqlashtirish, baʼzan uchinchi tomon bilan (muvofiqlashtirish)”, dedi rasmiy.

Shu bilan birga, Gao Fu bugungi kunda insoniyat nafaqat koronavirus pandemiyasi bilan, balki “infodemiya” bilan ham, yaʼni tegishligicha maʼlumotlar va noto‘g‘ri maʼlumotlar bilan kurashayotganini taʼkidladi.

Avvalroq nufuzli The Lancet tibbiyot jurnali yangi turdagi koronavirus COVID -19 ga qarshi ommaviy qayta emlashning foydasizligi haqidagi tadqiqot natijalarini eʼlon qilgan edi. Maqolada aytilishicha, koronavirusga qarshi erta emlash nojo‘ya taʼsirlarga olib kelishi mumkin – bu mRNK vaksinalariga ham, adenovirusga asoslangan dorilarga ham tegishli. Agar siz mRNK vaksinalarini, yaʼni Pfizer va Moderna preparatlarini juda erta yoki tez-tez ishlatsangiz, bu bemorda miokarditni keltirib chiqarishi mumkin.

Adenovirus vaksinalari, shu jumladan SputnikV, agar tez-tez berilsa, Giyena-Barre sindromini (nerv tolasini o‘rab turgan miyelin qobig‘ining yemirilishi bilan kechuvchi o‘tkir infeksion kasallik) keltirib chiqarishi mumkin.

Xalqaro olimlar guruhi delta shtammidan kelib chiqqan koronavirusning yangi to‘lqini sog‘liqni saqlash sohasidagi global inqirozni yana-da kuchaytirdi va aksariyat mamlakatlar hukumatlarini emlangan aholi uchun qo‘shimcha dozalarga ehtiyoj borligi haqida o‘ylashga majbur qildi, degan xulosaga kelmoqda.