Qirg‘izistonda “Qumtor” konida zaharli chiqindixona topildi

Markaziy Osiyodagi eng yirik oltin koni rahbariyati xabar berishicha, bir necha yillar davomida kondagi chiqindilarning katta qismi qayta ishlanmay, oddiygina yerga ko‘milgan.

Vaziyat huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Tergovchilar nafaqat kanadalik ishchilar bilan, balki qirg‘izistonliklar bilan ham “gaplashishini” aytmoqda.

▪️Qumtor kanadalik sarmoyadorlar tomonidan 1990 yillarning boshidan beri ishlatilib kelinayotgan edi.

Hozirgi hukumat kompaniyani o‘z nazoratiga olgan kanadalik sarmoyadorlarni konni noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritgan deb hisoblaydi.

Kon ishlagan yillar mobaynida davlatga atigi 1,5 milliard dollar, Kanada kompaniyasiga esa 11,5 milliard dollar foyda keltirgan.

▪️Qirg‘izistonning hozirgi hukumati kondan tushgan daromadning 90 foizigacha mamlakatga qaytarilishiga harakat qilmoqda.