Facebook nimaga o‘chib qoldi?

Ko‘p manbalar, Internetda Sukerbergni oshkor etuvchi maʼlumotlar eʼlon qilingandan so‘ng, Facebook o‘chirilgani haqida xabar bermoqda.

Ha, Facebookning yopilishi, platformaning mahsulotlar bo‘yicha sobiq menejeri tomonidan, o‘n minglab ichki hujjatlarni yaʼni, o‘zaro suhbat mobaynida The Wall Street Journal tomonidan chop etilgan hisobotlardagi oshkor etilgan maʼlumotlarni sizdirganidan so‘ng sodir bo‘ldi.

Ammo bu maʼlumot beruvchi o‘zi kim? U haqiqatan ham o‘z axloqiy tamoyillari tufayli platformani taʼqib qilmoqdami? Hisobotning chop etilishi haqiqatan ham Facebookning qulashi bilan bog‘liqmi?

Facebook rahbarlari ichki maʼlumot almashinuvlarida Sukerberg odam savdosiga ko‘maklashganini va Instagramtarmog‘i o‘smirlarga zarar yetkazayotganini tan oladi. (Mazkur holat bo‘yicha alohida material tayyorlangan edi. Vaqt bo‘lganda bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin)

Maʼlumot tarqatuvchi, 2019 yildan buyon Facebookning fuqarolik yaxlitligi va dezinformatsiya guruhini boshqargan, 37 yoshli maʼlumot tadqiqotchisi Frenss Xougen, 2020 yilgi AQShdagi “soxta” deb aytilayotgan saylovlar oldidan, ijtimoiy media platformada asosiy senzur bo‘lib faoliyat olib borgan.

Joriy yilning boshlarida saytimiz orqali “FACEBOOK” siyosiy manipulyatsiyalar vositasimi? deb nomlangan maqola eʼlon qilingan edi. Unda feyk xatti-harakatlarga qarshi kurashish bo‘yicha sobiq tahlilchi Sofi Chjanning so‘ngi ish kunida yozilgan iqrorida: “Men xorij hukumatlari bizning platformamizdan o‘z fuqarolarini manipulyatsiya qilish yo‘lida suiisteʼmol qilayotganini aniqladim. Bilaman, qo‘llarim allaqachon qonga botgan, Facebook bugunga kelib 2,8 milliard foydalanuvchiga ega va dunyodagi deyarli barcha mamlakatlarning siyosiy hayotida ustun rol o‘ynaydi. Ammo siyosiy munozaralarni buzish uchun platformaning algoritmlari va funksiyalarini boshqarish mumkin” deb taʼkidlagan edi.

Lekin, aytish kerak oldinroq yirik texnologik kompaniyalarni fosh qilgan maʼlumot tarqatuvchilardan farqli o‘laroq, Xougen asosiy ommaviy axborot vositalarining katta qo‘llab-quvvatlashiga ega.

So‘ngi oshkor qilingan hujjatlar Facebookga nisbatan bir necha bor qilingan shikoyatlarni tasdiqlasa-da, oxirgi tekshiruv Facebook federal hukumat bilan birgalikda cheksiz kuch va imkoniyatlarga ega bo‘lish uchun uyushtirilgan, deya ko‘rilmoqda.

Facebook rahbariyati “odamlarni platformadan chiqib ketayotganini ko‘rmoqda. Ular GETTR, Telegramga o‘tmoqda. Foydalanuvchilar boshqa platformalarga ko‘chmoqda. Ular Rumble orqali kerakli axborotlar bilan bo‘lishmoqdalar”, dedi HumanEventdagi Jek Posobes dushanba kuni Stiv Bannonga. “U 2020 yilgi saylovlarda Facebook da senzuraning asosiy tekshiruvchisi edi. Lekin, shunga qaramay, u ommaga chiqib, o‘zini barcha voqealarni ichidan fosh etgandek harakat qilishi mumkinmi?

“Xougen – bu nazorat ostidagi muxolifat”, –  deb ogohlantiradi Posobes.

“U buni yagona yo‘li qonuniy choralar ekanini tushunadi. Ular hukumat aralashishini istaydi va qo‘pol kuch ishlatmoqchilar”, – dedi Posobes. Facebook, Google, Pinterest “Project Veritas” ishlarini fosh qilgan insonlarni eslang – ishsiz qolgan, xonavayron bo‘lgan yoki bo‘lmasa qamalgan. Haqiqiy maʼlumotni fosh qiluvchilarni “60 daqiqa”lik shoularga yuborishmaydi.

Bu operatsiya.

Sukerberg esa 13 sentyabrdan keyin eʼlon qilingan ayblovlarga hali ochiq javob bermadi.