Markaziy Osiyoda bug‘doy taqchilligi kuzatiladi

FAO ekspertlari Markaziy Osiyo mamlakatlarida qurg‘oqchilik tufayli bug‘doy hosildorligi pasayishini bashorat qilmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ekspertlari noqulay ob-havo sharoiti, xususan, Turkmaniston va O‘zbekistonda qurg‘oqchilik tufayli Markaziy Osiyoda bug‘doyning umumiy hosili 10 foizga kamayishini kutmoqda.

FAO iqtisodchisi Yelena Konte 2021-2022 yillarda O‘zbekistonda bug‘doy ishlab chiqarish 5,4 million tonnagacha kamayishi mumkinligini, oxirgi 5 yilda o‘rtacha 6,1 mln. hosilning kamayishi sharoitida don importi 3,86 millionga oshishi kutilmoqda, oxirgi besh yil ichida o‘rtacha xaridlar 3,18 million tonnani tashkil etdi.

Yog‘ingarchilik va qurg‘oqchilik muammosi mintaqadagi eng yirik don ishlab chiqaruvchi Qozog‘istonga ham taʼsir ko‘rsatdi. Bu esa hosilni 20%gacha kamaytirishi mumkin.

Turkmaniston haqida maʼlumot berilmagan bo‘lsada, o‘tgan yilning oxirida va joriy yilning o‘zida mamlakatda qattiq qurg‘oqchilik va dalalarni sug‘orish uchun suv tanqisligi kuzatilgan.

Shu bilan birga, Turkmaniston rasmiy idoralari 1,4 million tonna bug‘doy yig‘ib olish bo‘yicha belgilangan reja oshib ketganini eʼlon qildi.

Turkmaniston xronikasi muxbirlari kecha xabar berganidek, do‘konlarda mahalliy un sezilarli darajada kamaygan.