Vaksina yaratuvchilari kurashi yana avjiga chiqdi

“Sputnik V” vaksinalarini yaratgan guruh Britaniya ommaviy axborot vositalarida soxta tarqatilayotgan xabarlarga javob berdi

“Britaniya razvedka agentliklari Buyuk Britaniya rasmiylariga xabar berishicha, rossiyalik josus Angliya-Shved kompaniyasi “AstraZeneca” tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi emlash formulasini o‘g‘irlagan va keyin Rossiyada Sputnik В dasturini ishlab chiqishda ishlatgan” deb yozmoqda «The Sun» nashri.

“Sputnik V” vaksinasi yaratuvchilari Britaniya tomonidan bildirilgan bunday daʼvoni ilmiy asoslanmagan va “axloqiy normalarga to‘g‘ri kelmasligini hamda bunday harakatlar global emlash jarayonlariga putur yetkazadi”, deb hisoblaydi.

“Britaniya tabloidlari yana “o‘g‘irlangan” texnologiya haqidagi eski soxta xabarlarni tarqatmoqda.

“Sputnik V” inson adenovirus platformasiga asoslangan bo‘lib, 7 yilga hisoblangan shimpanze adenovirusiga asoslangan “AstraZeneca” vaksinasidan juda farq qiladi”, – tushuntirildi rus olimlari tomonidan.