Markaziy Osiyo fuqarolari qanday sharoitda Umra safariga ruhsat olishlari mumkinligi maʼlum bo‘ldi

10 oktyabrdan boshlab COVID-19 ga qarshi Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan tasdiqlangan vaksinalar bilan emlangan chet ellik ziyoratchilar, shu jumladan MDH mamlakatlaridan kelganlar umra (kichik haj) qilishlari mumkin.

Aniqlik kiritilishicha, hozirda Saudiya Arabistoniga kirish uchun Pfizer-BioNTech, Oxford-AstraZeneca yoki Moderna vaksinasini ikki yoki Johnson & Johnson vaksinasi bilan bir bora emlangan ziyoratchilarga ruxsat berilgan. Bu vaksinalar Saudiya hukumati tomonidan tasdiqlangan.

Rossiya tomonidan ishlab chiqarilgan COVID-19 ga qarshi vaksinalar Saudiya Arabistonida hozircha tasdiqlanmagan. O‘zbekistonda aksariyat insonlar emlangan O‘zbek-Xitoy vaksinasi haqida maʼlumot umuman yo‘q.

Qirollik sog‘liqni saqlash vazirligi Sinopharm yoki Sinovac vaksinalarining buster (kuchaytiruvchi 3 dozasi) bilan emlanganlarga ham mamlakatga kirishga ruxsat berilishini aytdi taʼkidladi.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoniga xorijiy fuqarolarning kirishi 2020 yil fevral oyining oxirida koronavirus pandemiyasi tufayli vaqtincha to‘xtatilgandi.