Shimoliy Koreya razvedkasining sobiq xodimi: Kim Chen In rejimi qurol va giyohvandlikdan pul ishlab topadi

30 yildan ziyod razvedka xizmatida bo‘lgan KXDRning isteʼfodagi katta polkovnigi BBSga Mehnat partiyasi qurol–yarog‘ va giyohvand moddalarni sotishdan qanday daromad olishini, shuningdek maxsus terrorchilik bo‘limi haqida gapirib berdi.

Kim Kuk Sung Shimoliy Koreya Bosh razvedka byurosida katta polkovnik unvoni bilan ishlagan, lekin 2014 yilda mamlakatdan Janubiy Koreyaga qochishga majbur bo‘lgan. O‘shandan beri u Janubiy Koreya razvedkasi uchun ishlab kelmoqda, lekin baribir o‘z jonidan qo‘rqadi.

Kim Kuk Sung Shimoliy Koreya Bosh razvedka byurosida katta polkovnik unvoni bilan ishlagan

Uning maʼlum qilishicha, “terrorizmga qarshi kurashish uchun maxsus guruh” faoliyat olib boradi. Guruh 2009 yilda Shimoliy Koreya rejimining muxoliflariga qarshi kurashish, shu jumladan suiqasd uyushtirish uchun yaratilgan.

Kim Kuk Sungning o‘zi 1997 yilda KXDRdan qochgan yana bir yuqori martabali ofitser Xvan Chjan Yupni yo‘q qilish operatsiyasini boshqargan. Uni o‘ldirish buyrug‘i o‘sha 2009 yilda kelgan. Biroq, suiqasd muvaffaqiyatsiz tugagan. “Terrorizm Shimoliy Koreyada siyosat quroli va Kim Chen Ir va Kim Chen Inning oliy qadriyatlarini himoya qilish vositasi bo‘lgan va hozirga qadar saqlanib qolmoqda”, – dedi sobiq razvedka xodimi.

Shimoliy Koreya armiyasining ikki ofitseri suiqasd uyushtirgani uchun hanuzgacha Janubiy Koreyada qamoq jazosini o‘tamoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, KXDR razvedkasi o‘z josuslarini turli mamlakatlar, jumladan, Janubiy Koreya davlat tashkilotlariga kiritishda juda muvaffaqiyatli ishlagan.

Kim Chen Ir hukmronligi davrida Shimoliy Koreya rahbariyati “kiber urushlar”ga tayyorgarlik ko‘rishni boshlagan va eng iqtidorli yoshlarni tanlab, ularni o‘qitadigan maxsus bo‘linma tuzilgan edi. Biz o‘zaro “Kim Chen Inning axborot markazi” deb atardik, dedi Kim Kuk Sung.

Shuningdek, uning aytishicha, Mehnat partiyasi 1990 yillardan buyon giyohvand moddalar ishlab chiqarish va tarqatishda faol ishtirok etmoqda.

“Men mamlakatga uchta chet ellik mutaxassislarni olib keldim va ularning yordami bilan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini hududida “715-aloqa ofisi”deb nomlangan metamfetamin laboratoriyasini qurdim. Topilgan dollar Kim Chen Inga shaxsiy sovg‘a sifatida taqdim etildi”,-dedi Kuk Sung. Ularga Shimoliy Koreya rahbari “villalar quradi, xorijiy mashinalar, kiyim-kechak va hashamatli buyumlar sotib oladi”.

Yana bir daromad manbai – Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlariga qurol va harbiy texnika sotish. Ular orasida Eron va “uzoq davom etgan fuqarolar urushi bo‘lgan” davlatlar – Suriya, Myanma, Liviya va Sudan ham bor.

KXDR birinchi bo‘lib Shimoliy Koreya Harbiy fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Xvason-8” gipertovushli yangi raketasini sinovdan o‘tkazgan. Muvaffaqiyatli sinov uchirilishi paytida raketaning manevrligi va barqarorligi tasdiqlandi va uning rejalashtirish xususiyatlari tekshirildi. 28 sentyabrda Shimoliy Koreya harbiylari ham Yapon dengizi tomon qisqa masofali raketani uchirdi. 15 sentyabrda Shimoliy Koreya temir yo‘lning mobil raketa tizimini sinovdan o‘tkazdi. Mashg‘ulotning maqsadi – jangda birinchi marta qo‘llaniladigan temir yo‘lning harakatlanuvchi raketa tizimining amaliyligini tasdiqlash, jangovar tayyorgarlikni va yangi polkning o‘q otish topshiriqlarini bajarish qobiliyatini baholash hamda jangovar harakatlar tartibini ishlab chiqish.

Bir qator harbiy ekspertlarning fikricha, sinovlar paytida Rossiyaning “Iskander” raketasi nusxasi hisoblangan КН-23 ballistik raketalari uchirilgan. 13 sentyabrda Pxenyan shuningdek, ikkita uzoq masofali qanotli raketasini sinovdan o‘tkazgan.