Soxta sovg‘alar bilan siylangan Tramp

2017 yil may oyida Saudiya Arabistoni qirollik oilasi rahbari qirol Salmon ibn Abdulaziz Al Saud va AQSh prezidenti Donald Trampning uchrashuvi vaqtida, AQSH rahbariga soxta yo‘lbars terisidan tikilgan liboslar sovg‘a qilingan, deb yozmoqda The New York Times.

Saudiya Arabistoniga tashrif Trampning AQSh Prezidenti sifatida chet elga ilk tashrifi bo‘lib qirollik oilasi Amerika yetakchisiga va u bilan birga bo‘lganlarga 82 ta qimmatbaho buyumlar to‘plami, shu jumladan oq yo‘lbars va gepard terisidan tikilgan uchta cho‘ponni sovg‘a qilgan.

AQSh delegatsiyasi vatanga qaytgach, Oq uy maʼmuriyatidagi ekspertlar agar sovg‘alar haqiqatan ham yovvoyi hayvonlarning terisidan tayyorlangan bo‘lsa, delegatsiya vakillari 1973 yilda yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlar va atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni buzgan bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Tramp maʼmuriyati sud jarayonidan qochish uchun saudiyaliklarning sovg‘alari haqida sukut saqlashga qaror qilgan. Ammo o‘tgan yilning yozida, Tramp AQSh prezidentligidan ketganidan so‘ng, vakolatli organlar sovg‘alarga qiziqib tekshiruv olib borgan.

Ekspertiza natijalari bo‘yicha, Trampga sovg‘a qilingan mahsulotlar soxta bo‘lib chiqdi – sovg‘alar hayvon terisiga o‘xshab tayyorlangan sunʼiy materiallardan tikilgan.

Saudiya Arabistonining Vashingtondagi elchixonasi vakillari mazkur vaziyat bo‘yicha izoh berishdan bosh tortgan.