Oʻzbek shifokorlari tojik hamkasblariga yordamga kelishdi

Toʻrt kishidan iborat shifokorlar guruhi Tojikistonning Sugʻd viloyatiga tojik hamkasblariga COVID-19ni yengish uchun yordamga kelishdi.

Toʻrt kishilik shifokorlar guruhi epidemiolog, virusolog va ikki nafar anesteziologlardan iborat. Guruhga Neʼmatjon Ibragimov boshchilik qilgan.

Sugʻd viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda bilan uchrashuvda ular tojik hamkasblari bilan ikki kun viloyat kasalxonasida ishlashgani va tajriba almashishganini maʼlum qilishdi.

Sugʻd viloyatining matbuot xizmati

“Bemorlarni davolash professional tarzda olib borilmoqda. Agar tajribali shifokorlar bundan keyin ham shunday ishlashda davom etsa, yaqin kunlarda ular COVID-19 ustidan toʻliq gʻalaba qozonishadi”,deya taʼkidlagan Ibragimov.