Hukumat Rossiya bilan imzolangan kelishuvni ochiqlashi shart

Kecha Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov va Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi rahbari Aleksey Miller gaz sohasida hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi. Orqa fondagi suratga qaraganda, imzolash Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan, o‘tgan haftada Qozog‘iston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Roman Sklyar ham xuddi shunday hujjat imzolagan.

Shartnoma tafsilotlari oshkor qilinmayapti, Gazprom va bizning Energetika vazirligiga so‘rov hozircha javobsiz qoldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “uch tomonlama ittifoq” bo‘yicha muzokaralar doirasida Rossiya Rossiyadan ishlab chiqarilgan gazni Qozog‘iston orqali “Markaziy osiyo – Markaz” quvuri orqali yetkazib berishni taklif qilgani haqida xabar bergan edik. Rossiyaning asosiy sharti O‘zbekiston gaz uzatish tizimini bozor qiymatida “Gazprom”ga o‘tkazish edi. Xuddi shunday talab “Qozoqgaz” milliy kompaniyasi tomonidan ham ilgari surilgan, lekin ular bunday shartlarga rozi bo‘lmagan.

Rossiya tomoni ilgari surgan ikkinchi shart – Xitoyga gaz eksport qilish huquqidan voz kechish edi. Yaʼni, “Gazprom” O‘zbekistonning UzGasTrade kompaniyasi o‘rniga shartnoma tarafi bo‘lishni taklif qilgan.

Manbalarning xabar berishicha, dekabr oyidagi ikki tomonlama muzokaralar natijasida Rossiya tomoni qo‘ygan shartlarni olib tashlangan.

Endi “yo‘l xaritasi”ga kelsak. Menga maʼlum bo‘lishicha (norasmiy manba, shunga taxmin sifatida yozaman), O‘zbekiston “O‘ztransgaz” (magistral quvurlar orqali gaz transportirovka qilada) va “Xududgaztaʼminot” (maishiy isteʼmolchilar, aholini gaz bilan taʼminlaydi) gaz transporti tizimini ishonchli boshqaruvga berishga rozi bo‘lishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, kompaniyalar birlashtirilishi va “Gazprom” yoki uning shoʼba korxonasi boshqaruviga o‘tkazilishi mumkin.

Afsuski, O‘zbekistonda ishonchli boshqaruv bo‘yicha bironta ham loyiha o‘zini oqlamadi, shuning uchun SFI Management Group (Alisher Usmonovning so‘zlariga ko‘ra, milliarder Shodiyev oilasiga tegishli) ketishga majbur bo‘ldi.

Eng so‘nggi misollardan biri – Angren IES uch yil davomida milliardlab zararga kirgan.

Qolaversa, mamlakatimizda hamon qonunchilik bazasi, bu sohani tartibga soluvchi birorta ham rasmiy va ochiq hujjat mavjud emas.

Umid qilamanki, bu O‘zbekiston imzolagan ko‘plab memorandumlar singari qog‘ozdagi “yo‘l xaritasi” bo‘lib qoladi. Agar bunga qadar nomaqbul siyosiy qarorlar tufayli milliardlab zararlar ko‘rilgan bo‘lsa, endilikda “Gazprom” O‘zbekistonning gaz transporti tizimini boshqaruvga olsa, unda mamlakatning energetik mustaqilligini, umuman, davlat suvereniteti xavf ostida bo‘lishi mumkin.

Hokimiyat “tijorat siri” va boshqa bahonalarga havola qilmasdan, hujjat tafsilotlari haqida ochiq eʼlon qilishi kerak.

Manba