“Feyk” xabarlar tufayli “qurbonlar” soni ortib bormoqda

“Reuters Institute”ning maʼlumotlariga ko‘ra, karantin paytida soxta yangiliklardan zarar ko‘rgan britaniyaliklar soni ko‘paygan.

Bu COVID-19 mavzusida odamlarning xabardorligi yo‘qligi (!). Pandemiya boshlanganda Buyuk Britaniya aholisining 6% “infodemika”dan zarar ko‘rgan. Avgustga kelib, tadqiqot natijalariga ko‘ra, bu raqam 15% gacha o‘sdi, umuman olganda, bu mamlakatning deyarli 8 million aholisi demakdir.

Aholi orasida pandemiya bo‘yicha maʼlumotlarni yetarli darajada berilmaganligi hamda axborotlarni minimal darajada isteʼmol qilishlari bois, ularni koronavirus haqidagi tasavvurlarini boshqarish osonroq bo‘lib qoldi shu bois “feyk” xabarlar tufayli “qurbonlar” soni ortib bormoqda.

Xavf ostida qolayotganlar qatlamiga 35 yoshgacha bo‘lganlar va yetarli maʼlumotga ega bo‘lmaganlar mansubdir. Ularning asosiy axborot manbaalari Facebook va Tvitter xisoblanadi.

Xo‘sh, yana bir maʼlumot!

Yangiliklar koronavirus haqida maʼlumot manbalari sifatida tomoshabinlarga bo‘lgan ishonchini yo‘qotmoqda. Agar aprel oyida ularga 57% respondentlar ishongan bo‘lsa, avgust oyida 45%ga tushib ketdi. Pandemiya haqidagi yangiliklarning umumiy hajmi esa 24% ga kamayib ketdi.