«Har qanday aralashuv aslo maqbul emas» – TIV davlat tili bilan bog‘liq masalalar davlatning ichki siyosati ekanini eslatdi

Mariya Zaxarova O‘zbekistonning davlat tili bilan bog‘liq masalaga aralashgani yuzasidan O‘zbekiston TIV rasmiy munosabat bildirdi

«Davlat tilini tartibga soluvchi sohaga bog‘liq masalalar davlatning mutlaq ichki siyosatiga daxldor bo‘lib, har qanday aralashuv aslo maqbul emas.

Mamlakatimiz hududida yashovchi barcha millat va elatlar tiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lish respublika qonunchiligida o‘z ifodasini topgan.

Tashqi ishlar vazirligi mamlakatimizda davlat tili haqidagi qonun talablariga rioya etish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish jarayonida xolis bo‘lishga, oldindan asossiz xulosa chiqarmaslikka va hurmat saqlanishiga umid qiladi», deyiladi O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy xabarida.

Sayt | Telegram | Facebook | Twitter