Jamal Kashikchining o‘limi bo‘yicha Saudiya Arabistoni sudi aybdorlarga o‘lim jazosini bekor qildi

Buning o‘rniga esa asosiy besh nafar aybdorga 20 yildan, qolganlarga esa 7 yildan 10 yilga qadar qamoq jazosi berildi. Avval boshidan sud tomonidan Kashikchining o‘limini baxtsiz xodisa deya eʼlon qilingan edi. Sud jarayonlari esa OAVlarining ishtirokisiz o‘tdi.

Sud zalidan hukmdan boshqa hech qanday maʼlumotlar chiqarilmadi. Shu sababli, Saudiya Arabistonining Stambuldagi elchixonasida 2018 yil 2 oktyabrda kimning buyrug‘i bilan qotillik qanday sodir bo‘lganini hech kim bilmaydi.

Sud jarayonida gumondorlar 11 nafar edi, so‘ng 3 nafariga yetarli dalillar topilmaganligi uchun qo‘yib yuborildi. Qizig‘i shundaki qo‘yib yuborilganlardan biri Saudiya Arabistoni valiahdshahzodasi Muhammad bin Salmonning yaqin maslahatchilaridan bo‘lib, yana biri mahalliy razvedka boshlig‘i o‘rinbosari, avval boshidan qotillikni rejalashtirishda ayblangan edi.