Kelajak musulmonlarga tegishli degan protoiyerey Dimitriy Smirnov koronovirusdan tuzaldi

5 may kuni koronavirus tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan, oilaviy ishlar bo‘yicha Rossiya pravoslav cherkovi patriarxal komissiyasi rahbari Dimitriy Smirnov koronovirusni yengdi.

“Virus endi uning tanasida yo‘q. Protoiyerey o‘zini yaxshi his qilmoqda, ammo kasallikdan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish uchun shifokorlar uni kuzatuvga olganlar”, – dedi manba.

Protoiyerey Smirnov 8 may kuni koronavirus infeksiyasiga shubha bilan shifoxonaga tushib qolgandi.

Eslatib o‘tamiz, Dimitriy Smirnov o‘z chiqishlarida bir necha bor “Kelajak Islom va musulmonlarga tegishli” deb qayd etganligi bilan jamoatchilik nazariga tushgandi.