Mashhur “Putin oshpazi”ning harbiy harakatlari

1990 yilda Sovet qamoqxonasidan ozod qilingan Yevgeniy Prigojin oddiy “hot–dog” sotuvchisi bo‘lib ish boshlaydi. Talonchilik va firibgarliklar uchun to‘qqiz yil “o‘tirib” chiqqan Prigojin ko‘p o‘tmay, gastronomiya olamida yutug‘larga erisha boshlaydi. U Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tug‘ilgan shahri bo‘lgan Sankt-Peterburgdagi oziq-ovqat tarmog‘ining menejeri bo‘ldi va oxir-oqibat restoran biznesiga kirib bordi.

1990 yillarning oxirida Prigojin Sankt-Peterburgdagi Vyatka daryosida “Noviy ostrov” suzuvchi restoranini ochdi. Restoran mahalliy elita orasida mashhur bo‘lib ketdi va ishga tushirilgandan bir necha yil o‘tgach, Putin Yangi orolda Fransiya prezidenti Jak Shirak bilan ovqatlanish uchun tashrif buyurdi. Ularni Prigojinning o‘zi kutib olib xizmat qildi.

Keyinchalik “Putinning oshpazi” deb tanilgan Prigojinning aytishicha, “Noviy ostrov” Parijdagi Sena bo‘yida ko‘rgan qirg‘oqdagi restoranlardan ilhomlanib qurganini aytgan. Ammo 15 oktyabr kunidan boshlab u yerga borish manʼ etildi.

“Putinning oshpazi” Aleksey Navalniyning zaharlanishi bilan bog‘liq suddan omon qolsa, uni o‘ldirish bilan tahdid qilmoqda.

15 oktyabrda Prigojin Yevropa Ittifoqining qora ro‘yxatiga kiritilib, barcha Yevropadagi aktivlari muzlatib qo‘yildi hamda Yevropa Ittifoqiga kirishi taqiqlandi. Taqiqlanish sababi esa (oziq-ovqat bilan bog‘liq emas), Prigojin tomonidan 2014 yilda tashkil etilgani aytilgan “Вагнер Гроуп” xususiy harbiy kompaniyasi faoliyati bilan bog‘liq. Albutta Prigojin firma bilan har qanday aloqani rad etmoqda.

Xabar qilinishicha, Kreml bilan yaqin aloqada bo‘lgan yollanma askarlar xalqaro miqyosda tan olingan milliy kelishuv hukumatiga qarshi kurash olib borayotgan Liviya rahbari Xalifa Xaftarni qo‘llab-quvvatlash uchun kurashgan.

Yevropa Ittifoqi tomonidan Prigojinning taqiqlanishining boisi, Bryussel o‘z bayonotida Wagner Groupni Liviyaning “tinchligi, barqarorligi va xavfsizligiga” tahdid solishda ayblagan.

Yozda Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Afrikadagi ushbu mamlakatda Wagner Groupning faoliyati uchun Prigojinga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Prigojin, shuningdek, Rossiyaning taniqli Internet-tadqiqot agentligining asoschisi, AQSh tomonidan 2016 yilda bo‘lib o‘tgan AQSh prezidentlik saylovlariga aralashishda ayblanayotgan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan “trollar fermasi” ham mazkur shaxs bilan bog‘liq.

Wagner Group singari xususiy harbiy kompaniyalar aslida Rossiya qonunlariga ko‘ra noqonuniy hisoblanadi. Biroq, baʼzi bir imtiyozli tuzilmalarning ishlashiga ruxsat beriladi – ular asosan davlat bilan sheriklik shaklida amalga oshiriladi.

Barnard o‘quv yurti professori Kimberli Martin o‘tgan iyul oyida Kongressda bergan ko‘rsatmasida shunday izohlagan edi: “Rossiyada ushbu guruhlarning faoliyati noqonuniy hisoblansada, biroq, ular boshqacha tartibda o‘z faoliyatlarini davom ettirayotgani yaʼni “noqonuniyligi”, Kremlga guruhlar tomonidan olib borilayotgan har qanday shubhali yoki xavfli harakatlardan uzoqlashishga imkon bermoqda” deya bayonot bergan edi.

Liviyadagi Wagner Groupning 2000 nafarga yaqin yollanma askarlari borligi va ular SuriyaVenesuelaSudan va Markaziy Afrika Respublikasida “ishlay” boshlagani aytilmoqda. Bunday shartnomalarni qo‘lga kiritish uchun haqiqatan ham “kuchli aloqalar” kerak, dedi Rossiya razvedkasining sobiq xodimi The Daily Beast nashriga bergan intervyusida. “Bu aqldan ozish mumkin bo‘lgan darajadagi katta mablag‘”

“Buning ortida kim turganini hamma biladi, ammo qog‘ozda hech narsa yozilmagan [hukumat bilan munosabatlar haqida]”, – deydi hozirda AQShda yashovchi Rossiya razvedkasining sobiq xodimi.