“Novichok” harbiy biologik qurol O‘zbekistonda ishlab chiqarilganmi?

BMTning biologik qurollar bo‘yicha komissiyasining sobiq aʼzosi I.Nikulin RBK agentligiga bergan intervyusida Navalniyga qarshi, “Novichok” biologik qurolidan foydalanilganiga shubha bilan qarayotganini bildirdi.

U o‘z taxminlarini quyidagicha bayon etgan: “O‘ylaymanki, bunday bo‘lishi ehtimoli juda kam. U juda oddiy farmatsevtik dorilar bilan zaharlangan bo‘lishi mumkin (bu yerda Navalniy nazarda tutilmoqda). Keling, “Novichok” to‘g‘risidagi baʼzi maʼlumotlarni keltirib o‘tsam: mazkur biologik qurol ikkiyoqlama asab falajlanishiga olib keladigan gaz, mana shu joyidan boshlasak, bizda bir kishini falajlantirish mumkin emas. Bu qurol bilan ommani (tumonat odamlarni) zaharlash mumkin biroq, omma ichidagi bir kishini zaharlash imkoni yo‘q. Balki, g‘arbda bunday texnologiya mavjud bo‘lishi mumkin biroq, bizda bu texnologiya mavjud emas. Ular bunday qurol bilan yaqin 20 yil mobaynida ishlab kelmoqda (bu yerda g‘arbni nazarda tutmoqda), ayniqsa inglizlar, chunki, ular O‘zbekistonda joylashgan zavoddagi barcha uskunalar va materiallarni olib ketishgan. Rossiya Federatsiyasida hech qachon ishlab chiqarilmagan (Novichokni aytmoqda). Bu narsa O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va tajribadan o‘tkazilgan. O‘ylashimcha, bu narsa provokatsiyadan boshqa narsaga o‘xshamayapti” deya fikrini yakunlagan. I.Nikulin O‘zbekistonga bu zavod qachon olib kelingani va qayerga buysungani to‘g‘risidagi maʼlumotlarni keltirmagan.

Dmitriy Peskov. © / Natalya Seliverstova / RIA Novosti

Navalniyni zaharlanishi bo‘yicha Rossiya va G‘arbning munosabati:

Kreml:  D.Peskov (Prezident matbuot kotibi) “Bemor Berlinga olib ketilgunga qadar o‘zimizda barcha xalqaro standartlarga mos kompleks tekshiruvlardan o‘tkazildi, organizmda hech qanday zaharlanish moddalari aniqlanmagan”. Uning so‘zlariga ko‘ra Kreml hozircha Germaniyadan Navalniyga tegishli vaziyat bo‘yicha rasmiy maʼlumot olmaganini bildirdi.

Dominik Raab Foto: REUTERS

Angliya: Dominik Raab (Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati) Britaniya hukumati zaharlashda ishtirok etganlarni javobgarlikka tortish niyatida. “Rossiya hukumatidan javob talab qilish uchun aniq sabablar mavjud. Aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun xalqaro hamkorlarimiz bilan yaqindan munosabat o‘rnatimiz” – deb aytdi.

AQSH:Milliy xavfsizlik kengashining axborotida, “Vashington eʼlon qilingan natijalardan chuqur xavotirda ekanligini bildirilgan”. Shuningdek, “Navalniyning zaharlanishi muhokama qilinishi va biz bu bo‘yicha ittifoqchilarimiz hamda xalqaro hamjamiyat bilan Rossiyada sodir etilgan “ish”ga aloqador bo‘lgan har qanday aybdorlarni javobgarlikka tortishga harakat qilamiz”, – deb maʼlum qilingan.

Angela Merkel va Ursula fon der Lyayen

Yevroittifoq: Ursula fon der Lyayen (Yevrokomissiya rahbariyati) Navalniyni zaharlashga aloqadorlarni javobgarlikka tortishga chaqirgan. U Twitter sahifasida  “Menga kansler Merkel,  Rossiya muxolifati yetakchisi Navalniy o‘z yurtida asab-falajligini chaqiruvchi modda orqali zaharlanganini aytdi.” – yozib qoldirgan. “Aybdorlar albatta, jazolanishi kerak” deb qo‘shimcha qilgan.

Yens Stoltenberg

NATO: bosh kotibi Yens Stoltenberg tashkilot aʼzolari bilan maslahatlashuv jarayoni boshlanganini maʼlum qilgan. “Asab falajligini chaqiruvchi harbiy darajadagi qurolni ishlatilishini qoralayman va bu hodisa Rossiyada tezkorlik bilan to‘liq va oshkora tekshiruv o‘tkazish vaqti kelganini ko‘rsatmoqda. Biz bu hodisa oqibatlari bo‘yicha Germaniya va NATO aʼzolari bilan maslahatlashimiz”.