Pandemiya milliarderlarni yanada boyitdi

Forbes hisobotiga ko‘ra, 2020 yil mart oyining o‘rtalaridan may oyi o‘rtasiga qadar amerikalik milliarderlarning boyliklari qiymati keskin 434 milliard dollarga o‘sgan. Bu AQSH fond bozoridagi keskin pasayishdan keyingi ko‘tarilish bilan bog‘liq.

Mark Sukerberg (Foto: Stephen Caillet / Imago / TASS)

Amazon egasi Jeff Bezos va Facebook asoschisi Mark Sukerberg bu yo‘nalishda ham yetakchi bo‘ldilar: Bezos o‘zining boyligiga 34,6 milliard dollar, Sukerberg esa 25 milliard dollar qo‘shib qo‘ydii. Umumiy hisobda martdan maygacha amerikalik barcha milliarderlarining boyligi 15 foizga o‘sgan bo‘lib, 3,332 trlnni tashkil qildi.

Tesla bosh direktori Ilon Mask  /Brendan Smialowski / AFP

Foiz jihatidan oladigan bo‘lsak, eng katta o‘sish Ilon Maskda. Uning sof daromadi ikki oy ichida 48 foizga o‘sib, 36 milliard dollarga yetdi. Sukerbergning boyligi ikki oy ichida 46 foizga o‘sib, 80 milliard dollarni tashkil qilmoqda.

Amazon egasi Bezosning boyligi 31 foizga o‘sib, 147 milliard dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, u bilan nikohi bekor qilinganda Amazon aksiyalarini bir qismiga egalik huqukini kiritgan sobiq rafiqasi rafiqasi Makkenzi Bezosning boyligi uchdan bir qismga oshib, 48 milliard dollarga baholanmoqda.