PFLni vaqtincha Diyor Imomxo‘jayev boshqarib turadi

Kecha tunda PFL bosh direktori Davron Shoqurbonov ishdan bo‘shagani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Bugun maʼlum bo‘lishicha, Shoqurbonov tashkilotda birga ishlagan xodimlar bilan iliq xayrlashgan hamda barchaga omad tilagan. Shuningdek, PFL sobiq rahbari buyog‘iga Diyor Imomxo‘jayev tashkilotni boshqarib turishini aytgan. 

Maʼlumki, Diyor Imomxo‘jayev shu paytgacha PFL bosh direktori o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi. Ushbu tashkilotga rasman kim rahbar bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi.

Manba:championat.asia