Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 4753 kishiga, virus qurbonlari soni 31 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 63 ta holat qayd etilgan bo‘lib, ularning 45 tasi Nur-Sulton shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda, deb xabar beradi Tengrinews.

Qozog‘iston poytaxtidan tashqari quyidagi mintaqalarda ham kasallar aniqlangan:

  • Qaraganda viloyati — 6;
  • Olmaota — 1;
  • Chimkent — 2;
  • Olmaota viloyati — 1;
  • Jambil viloyati — 1;
  • Atirau viloyati — 7.

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 4753 kishiga yetdi, 1518 nafar bemor sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan:

  • Nur-Sulton — 950;
  • Olmaota — 1502;
  • Qizilo‘rda viloyati — 225;
  • Atirau viloyati — 263;
  • Qarag‘anda viloyati — 186;
  • Aqmo‘la viloyati — 106;
  • Olmaota viloyati — 177;
  • Turkiston viloyati — 169;
  • Jambil viloyati — 172;
  • Aqto‘be viloyati — 172;
  • Shimoliy Qozog‘iston viloyati — 34;
  • Chimkent — 226;
  • Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 32;
  • G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 217;
  • Pavlodar viloyati — 152;
  • Ko‘stanay viloyati — 61;
  • Mang‘istov viloyati — 109 ta holat.

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qilib, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va uning ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sirini kamaytirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni ham muhokama qilgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda favqulodda holat rejimi 11-maygacha uzaytirilgan. Shu sababli aholiga ketma-ket ikkinchi oy salkam 100 dollardan yordam puli tarqatilgan. 20-apreldan boshlab Nur-Sulton va Olmaotada karantin rejimi yengillashtirilgan, sanoat korxonalari, qurilish sohasi va ayrim xizmat ko‘rsatish tarmoqlari o‘z faoliyatini qayta yo‘lga qo‘ygan.