Sovet Ittifoqidan avvalgi O’zbekiston: noyob suratlar mukammal rangda

Imperator Nikolay II ning buyrug‘iga binoan zamonaviy fotoapparatlar paydo bo‘lmasdan turib Rossiya imperiyasi manzaralarini rangli suratlarga olgan rus suratkashi Sergey Prokudin-Gorskiy 1905-1915 yilga bir necha bor chor Rossiyasining O‘rta Osiyodagi hududlariga ham ekspeditsiya uyushtirgan.

Samarqanddagi madrasa talabalari

Sergey Mixaylovich Prokudin-Gorskiy 1863 yil 18 avgustda Rossiya Imperiyasining Vladimir guburniyasida tugʻilgan. Uni Rossiya rangli fotografiyasining “otasi” deb atashadi.

Buxorolik meshkob (suv tashuvchi), 1911 yil.

Boʻlgʻusi surʼatchi va ixtirochi boshida mashhur Aleksandr litseyida, keyinchalik Sankt-Peterburg universiteti fizika-matematika fakulteti tinglovchisi boʻlgan. Buyuk rus olimi Dmitriy Ivanovich Mendeleyevning oʻquvchisi boʻlgan.

Buxoroda joylashgan nonvoyxona, 1907 yil.

1898 yildaoʻtgazilgan fotokoʻrgazmada Prokudin-Gorskiy oʻzining birinchi fotosurʼatlarini koʻrsatdi. Ushbu fotosurʼatlarda 17-18 asr rus rassomlarining ijodiy ishlari tushirilgan edi. Ushandan keyin olim rangli surʼat ishlab chiqish haqida oʻylanib qoldi. XX asr boshida surʼatchi oʻzining birinchi rangli fotosurʼatlarini namoyish qildi.

Buxorolik amaldor amirning Sherbudun qasri hovlisida

1904 – 1916 yillarda Prokudin-Gorskiy tomonidan surʼatga olingan Rossiya Imperiyasining fotosurʼatlar toʻplami bir necha minglab negativlar, fotoplastinalar, fotosurʼatlar va reproduktsiyalardan tashkil topgan.

Buxoro zindoni

Ushbu suratlar orqali XX boshlarida Buxoro va Samarqand odamlari qanday hayot kechirganlarini tasavvur qilish mumkin.

Registon maydonidagi savdogarlar

Hozirgi kunda Rus rangli surʼatchiligining eng yirik meʼrosi Amerika kongressi milliy kutubxonasida saqlanmoqda.