“SpaceX”dan sun’iy yo’ldoshli Internet hatto bo’ron paytida ham yo’qolmadi

Dastlabki “Starlink” foydalanuvchilari uni sovuqda va qor yog’ishida sinab ko’rishdi.

“Starlink”ning sun’iy yo’ldosh Interneti foydalanuvchilarga noldan past haroratda, shamol va qorda soniyasiga 150-175 megabit (17,8-20 megabayt) tezlikni taqdim etadi. “SpaceX”ning sun’iy yo’ldosh aloqa tizimining birinchi foydalanuvchilarining reddit hisobotlarini o’rganib chiqqan Business Insider bu haqda ma’lumot bermoqda.

Qo’shma Shtatlar shimolidagi Starlink foydalanuvchisi havo harorati pastroq bo’lganida internet tezroq ishlashini aytgan.

U bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ko’cha Farengeyt bo’yicha 12 daraja (minus 11 Selsiy) bo’lganida, kiruvchi ulanish tezligi 175 megabitga etgan. Holbuki kamroq sovuq havoda u 150-160 megabitni tashkil etgan.

Foydalanuvchilar mo”tadil qor yog’ishi ham “Starlink”ga xalaqit bermaydi, deb ta’kidlamoqdalar. Bundan tashqari, aloqa sifati namlikdan yomonlashmaydi: terminalga tushgan qor uning yuzasida eriydi. Uni harorati Selsiyda noldan to’rt darajagacha bo‘lgani uchun, yog’gan qor suv tomchilari bo’lib qoladi.

Internet tezligining pasayishi Qo’shma Shtatlarning shimolida bir foydalanuvchi tomonidan, bir soatda etti santimetr qor yog’ib, shamol tezligi soatiga 80 kilometrga bo‘lganda qayd etilgan. Qorli bo’ronda kiruvchi aloqa sekundiga 20-30 megabitgacha (2,5-3,7 megabayt) sekinlashgan, chiquvchi – 3-4 megabitgacha.

  • Eslatib o’tamiz, “SpaceX” 2020 yil oktyabr oyi oxirida Starlink-ning beta-sinovini boshladi. Dastur ishtirokchilari 499 dollarga uskunalar to’plamini (terminal, ulanish moslamasi, yo’riqnoma) harid qildilar. Xizmat uchun obuna to’lovi oyiga $ 99ni tashkil etadi.
  • Sinov dasturi ishtirokchilari soni haqida xabar berilmagan. CNBC ma’lumotlariga ko’ra, Starlink beta-testi 700 ming kishi uchun ariza yuborgan.