Zelenskiy: “Kiyev hozircha hech qaysi davlatdan xavfsizlik bo‘yicha kafolat olmagan”

AQSH haligacha Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini bermadi, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy SBC telekanaliga. Jurnalistning AQSH prezidenti Jo Bayden bilan so‘nggi qo‘ng‘irog‘i chog‘ida Ukraina rasmiylariga qandaydir vaʼda berganmi, degan savoliga Zelenskiy shunday dedi: “Qo‘shma Shtatlar maʼmuriyati, Baydenga va ikki partiyaga qo‘llab-quvvatlaganlari, biz uchun qilayotgan barcha ishlari uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Biroq AQSH bizga xavfsizlik kafolatlarini bermadi”.

Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Kiyev hozircha hech qaysi davlatdan bunday kafolatlarni olmagan.