Tokio Olimpiadasi bekor qilinishi ehtimoli bor

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax, agar kelasi yozda ham Tokio-2020 o‘yinlari o‘tkazilmasa, nega bekor qilinishi kerakligini tushunishini taʼkidladi.

Mahalliy tashkilotchilar koronavirus inqirozi sababli sport anjumani bir yilga qoldirilganidan so‘ng, o‘zlarida zaxira rejasi yo‘qligini aytishdi.

«Har doim ham tashkiliy qo‘mitaga 3000-5000 kishini yollay olmaysiz», deydi Bax BBC Sport bilan suhbatda. «Sportchilarni mavhum holatga tushishiga ham yo‘l qo‘yolmaysiz.»

O‘z intervyusida Bax, o‘yinlarni qayta tashkil etish «ulkan vazifa» ekanligini eʼtirof etdi. U 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha bo‘lib o‘tadigan kechiktirilgan o‘yinlar o‘ziga xos bo‘lib, koronavirus ustidan g‘alabani ilk bor jam bo‘lib, butun dunyoga hamjihatlikda nishonlash xabarini yuborishiga umid bildirdi. “Buning aniq rejasi yo‘q, shuning uchun biz kundan-kun g‘ildirak ixtiro qilishimizga to‘g‘ri kelyapti. Bu juda qiyin va shu bilan birga hayajonli ham”, deydi Tomas Bax.

Manba:olympic.uz