Toni Fergyuson: Yaqinda ko‘rishamiz, bolakay!

Yengil vazn toifasidagi UFC jangchisi Toni Fergyuson chempion Habib Nurmagomedovning qo‘llab-quvvatlashiga javob qaytardi.

Avvalroq Habib UFC 249 musobaqasida Jastin Getjiga yengilgan Fergyusonni qo‘llab-quvvatlagandi.

“Habib, Sen hali ham menga 20 ta “otjimaniye” qarzsan.

Otangning holati yaxshilanganidan mamnunman. Yaqinda ko‘rishamiz, bolakay! Haqiqiy finalga tayyorgarlik ko‘rishda davom et”, — deydi Fergyuson.

10-may kuni AQShning Florida shtatida bo‘lib o‘tgan UFC 249 musobaqasida Toni Fergyuson yengil vazn toifasida vaqtinchalik chempionligi uchun kechgan bahsda Jastin Getjiga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.