World Vatandosh Accelerator — butun dunyodagi O‘zbekistonlik tadbirkorlarni birlashtirmoqda

World Vatandosh Accelerator — bu O‘zbekistondagi birinchi  virtual akselerator bo‘lib, butun dunyodagi O‘zbekistonlik  tadbirkorlarni jalb qilish yo‘li orqali global muammolarni hal qilish uchun yaratilgan. 

Akselerator — bu loyihalarni va g‘oyalarni erta bosqichda qo‘llab-quvvatlash modeli bo‘lib, jadal rivojlantirishni eng qisqa muddatlarda taxmin qila oladi.

Bozorga tezroq chiqarish uchun loyiha barcha zaruriy narsalar bilan taʼminlanadi. Ushbu akselerator iqtisodiyot barcha sohalarining ustuvor ehtiyojlarini hisobga olgan holda, texnologiyalar va amaliyotlarni jalb qilishga qaratilgan. Natijada, iqtisodiyot barcha tarmoqlarining rivojlanishida keskin o‘zgarish va YAIMning uzoq muddatli o‘sishi kutiladi.

6 haftalik dastur quyidagi bosqichlarda tuzilgan:

1. Saralash bosqichi;

2.  Yechimlarni muhokama qilish;

3. Loyihani ishlab chiqish va baholash;

4. Qarorlar qabul qilish;

5. Shartnoma tuzish va integratsiyani boshlanishini o‘z ichiga oladi.

O‘zbekistondagi birinchi global virtual jadallashtiruvchiga ariza berish va to‘liq maʼlumot olish uchun https://worldvatandoshaccelerator.com/